Mixail Xodorkovskiy Markaziy Afrika Respublikasida (MAR) rossiyalik jurnalistlar Orxan Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radçenko öldirilgani tufayli Tergovlarni boşqariş markazini (TBM) moliyalaştirişni töxtatiş töğrisida qaror qabul qildi. Xodorkovskiyning bayonoti MBX Media saytida e'lon qilingan.
Xabarda aytilişiça, loyihaning boş muharriri Andrey Konyaxin iste'foga çiqqan.
«Men şunday xulosaga keldimki, safarga tayyorgarlik körişda odamni joyida tanlaş (fikser) eng katta xato bölgan», - deyiladi Xodorkovskiyning bayonotida.
Uning ta'kidlaşiça, jurnalistlar ölimi bilan boğliq vaziyatda TBMning hattoki qisman mas'uliyati juda kattadir.
Xodorkovskiy tergov jarayoniga izoh berib, jurnalistlar rejalaştirilgan amaliyot qurboniga aylangan bölişlari mumkinligini ta'kidladi. Uning sözlariga köra, u hodisa haqidagi ma'lumot uçun mukofot e'lon qildi.
«Biz yil oxirigaça natijalar olişni rejalaştirmoqdamiz», - deya xulosa qildi Xodorkovskiy.












