Estrada xonandasi Iosif Kobzon vafot etdi. Bu haqda 30 avgust, payşanba kuni artistning qarindoşlari «Govorit Moskva» radiostansiyasiga xabar berişdi.

U 80 yoşda edi.

27 iyul kuni xonanda öpkaga havo yuboriş böyiça qöşimça qurilmaga ulangani xabar qilingandi. Bundan oldin artist Moskva şifoxonalaridan birining neyroxirurgiya bölinmasi jonlantiriş bölimiga ötkazilgan. Uning ahvoli barqaror oğir deb baholangan.

Öşa kuni Kobzonning matbuot kotibi Varvara Vinogradova xonandaning şifoxonaga yotqizilişi avvaldan rejalaştirilgani hamda u jonlantiriş bölimiga ötkazilmaganini ma'lum qilgandi. Xuddi şu xabar 26 iyulda artistning rafiqasi Ninel Kobzon tomonidan berildi. 

Kobzonda 2005 yilda saraton kasalligi aniqlangan.