Kriptovalyutalar futbolga ham kirib kelmoqda. Italiya S Seriyasida iştirok etuvçi «Rimini» klubi aksiyalari kriptovalyutaga sotilgan birinçi jamoa sifatida futbol tarixiga kirdi. Forbes`ning yozişiça, Quantocoin kompaniyasi klubning 25 foiz aksiyasini raqamli pullarda sotib olgan.

Uşbu jamoa oxirgi 25 yil davomida 3 marta bankrot deb topilgan edi. Ötgan mavsumda u D Seriya çempioni bölib, yuqoriroq ligaga kötarilgan.

Quantocoin kompaniyasi hissadorlaridan biri Pablo Dananing ta'kidlaşiça, kriptovalyutalardan foydalaniş futboldagi korrupsiya darajasini kamaytirişga yordam beradi. U, şuningdek, kompaniya uşbu xaridi bilan çeklanib qolmasligi va yana boşqa klublarni ham sotib oliş niyatida ekanini ma'lum qilgan.