«Mening yurtim» telekanali «Kun.uz» saytida e'lon qilingan tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi.

Şubhasiz, ayol obrazi dunyo adabiyotida muhim örin tutadi. Kino san'atini esa ayol obrazisiz tasavvur qiliş qiyin. Şunday ekan muallif Xurşid Daliyevning «Milliy serial brendi bilan «milliy xiyonat» tarğibotiga «start» berildimi?» sarlavhasiga biz yöq deb javob beramiz. Aslo milliy serial brendi asosida heç qanday xiyonat tarğib qilinmayapti.

Kino san'atida xiyonat mavzusi bugun paydo bölgani yöq. Hayotni aks ettirişni maqsad qilgan har bir ijodkor öz asarida hayotda uçraydigan muhabbat, xiyonat, sadoqat, vafo mavzularida ijod qiladi. Bugungi kunda barça telekanallar turk seriallarni namoyiş etib, bizning mentalitetga zid madaniyatni tomoşabin ongiga singdiryapti. Bu seriallarda erini senlaydigan, ota-onasiga hurmat-ehtirom körsatmaydigan qahramonlar tölib toşib yotibdi. “Mening yurtim” telekanali bu kanallardan farqli ölaroq bugungi kunimiz hayoti va muammolari aks etgan serialga murojaat qildi. Unda esa aynan özbek jamiyatidagi oilalar va ularning hayotiga közgu tutilgan xolos. Zero, donişmand xalqimizda odobni odobsizdan örgan, degan hikmat ham bor bu yerda. Axir hayot tekis bir yöl, bir qolipda keçadigan jarayon emaski, uni böyab, xaspöşlab, ziddiyatlarsiz qilib aks ettirsak.

Öz nomi bilan “Fitna” serialida aynan muallif qayta-qayta ta'kidlab ötgan ayol xiyonati foş etilgan. Öqituvçi böladimi, sotuvçimi yoki sartaroş, oilasiga, turmuş örtoğiga, farzandlariga xiyonat qilgan ayol oxir-oqibatda xor böladi. Xiyonat öz nomi bilan xiyonat. Kasbi va ijtimoiy kelib çiqişidan qat'i nazar, salbiy qahramon xiyonat qilar ekan badiiy asar yoki kinoda oçiq tasvirlanadi. “Fitna” serialida behayo sahnalar, beadab gaplar yöq. Ustiga ustak kundalik hayotimizda röy berayotgan voqealar ham kiritib borilyapti. Bugun oşkoralik zamoni, muammolarni oçiq-oydin körsatmasak kim körsatadi? Bizga faqat döppi kiygan özbek qizining namunali hayoti körsatilgan silliq seriallar kerakmi faqat? Bu serial öziga xos dinamikasi bilan boşqa seriallardan ajralib uzundan uzoq voqealar çaynalmaydi. Serial ijodkorlarining maqsadi muallif nazarda tutgandek özbek ayolini tahqirlaş emas, balki jamiyatda uçraydigan yovuz illatlarni aks ettiriş orqali tomoşabinni muşohada qilişga undaşdan iborat.

Rejissyor Dilşod Ahmedov bu xiyonat mavzusini “ixtiro” qilmagan. “Fitna” seriali yozuvçi Jamila Ergaşevaning “Qir ustidagi ayol” qissasi asosida suratga olingan. Şunday ekan serialning Özbekiston Yozuvçilar Uyuşmasi ruxsati bilan çop etilgan asarga asoslanişining özi Xurşid Daliyevning “«Özbekkino» milliy agentligi nega bu serial ekranga çiqişiga ruxsat berdi? Agentlik badiiy kengaşi bu «Fitna»ning ssenariysi va suratga olingan epizodlarning umumiy ğoyaviy maqsadi bilan tanişib çiqqanmi?” qabilidagi savollariga javob böladi. 

Serialda nafaqat xiyonat mavzusi balki, firibgarlik, odam savdosi, ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari, uyuşgan jinoyatçilik, poraxörlik va giyohvandlik kabi illatlar keskin qoralangan. Bu illatlar zamirida hayotda adaşgan, qaltis xatoga yöl qöygan insonlar taqdiri yotadi. Nozima ana şunday adaşgan salbiy qahramonlardan biri. Kelinining xiyonatini öğlidan yaşirmoqçi bölgan qaynonaning xatti-harakatlarini nimaga oqlamaslik kerak? Qaynona ham ona. Nabiralarini yetim qilmaslik, butun oilani saqlab qolişni maqsad qilgan, hayotning aççiq-çuçugini totib ulgurgan ayolga nima e'tirozingiz bor?! Har bir inson qilgan xatosi, gunohi va jinoyati uçun javob beradi. Serialdagi taqdirlar misolida har qanday nojöya harakat va gunohning jazosi muqarrarligi körsatib berilgan. Serialda bu illatlar oqlanmayapti, aksinça, real taqdirlar, real voqealar orqali qoralanib, foş etilyapti. Eng muhimi, serial finalida yaxşilik yomonlik ustidan, muhabbat nafrat ustidan, ezgulik esa yovuzlik ustidan ğolib böladi va ijobiy yakun topadi.

Rejissyor Dilşod Ahmedov “Fitna” serialiga qadar “Töqlikka şöxlik”, “Qilmiş-qidirmiş”, “Salom gruppadagilar” filmlari va “Vijdon azobi” seriali orqali tomoşabinlar qalbidan örin egallagan. “Fitna” serialida esa rejissyor yoş ijodkor sifatida jamiyatimizdagi fojiaviy illatlarni aks ettiriş orqali ularga qarşi kuraşişni maqsad qilgan. Agar biz Dilşod Ahmedov kabi rejissyorlarimizning har bir ijod mahsulini kör-körona tanqid ostiga olaversak kino san'atimiz qanday taraqqiy etadi? Biz bu ijodkorlarni qöllab-quvvatlamoğimiz, ularning intilişlariga tösqinlik qilmasligimiz kerak. Şu holatdagina xorij seriallariga kunimiz qolmasdan milliy seriallarning ham yaratilişiga imkon bergan bölamiz. Unutmasligimiz kerakki, ijod erkinlikni talab qiladi. Ijodkorga biz buyurtma bera olmaymiz. Agar biz öz qoliplarimizdan kelib çiqib, buyurtma berar ekanmiz san'atga va tomoşabinga xiyonat qilgan bölamiz.