Köpçilik ta'tilga ketiş uçun avgust va sentabrni xuş köradi. Nima uçun yaxşi ta'til 7 yoki 21 kun emas, 10 kun davom etişi haqida gapiramiz.

Demak, tasavvur qiling, bir haftalik ta'til olyapsiz. Maqsadingiz: dengizga boriş. Ikki kunni yölga sarflaysiz. Uçiş uçun hatto 3 soat ketganida ham oldinroq aeroportga kelişingiz, keyin uçib ketiş kerak böladi. Bundan taşqari, uçişdan keyin qayta tiklaniş ham bor. Yana yuklarni yiğiştiriş, keyin joylaştiriş kerak. Umuman olganda, yöl kamdan kam hollarda sarguzaştlarsiz ötadi.

Natijada yetti kunlik ta'tildan bor-yöği beş kun qoladi. Olimlar odam haqiqatan ham dam olib, xotirjam bölişiga kamida 8 kun ketişini aytişgan. Ilk tört kun işdan keyin özimizga kelamiz, qolgan tört kunda dam olamiz.

Bundan çiqdi, agar bir haftalik ta'tilga borilsa, tiklaniş hordiği uçun bor-yöği bir kun qoladi. Bilasizki, bu muddat davomida normal hordiq çiqariş imkonsiz. Bundan taşqari, köp tadqiqotçilar qonuniyatni qayd etişadi. Işdagi zöriqiş hordiqdagi zöriqişga qöşilib ketişi mumkin.

Uzoq davom etgan ta'til nimasi bilan yomon dersiz? Agar ikki hafta, ya'ni 14 kundan köproq dam olsangiz, undan keyin işni boşlaş qiyinroq böladi. Şuning uçun ta'tilni ikki qismga böliş samarali böladi. Bir tomondan, tiklanişga ulgurasiz, ikkinçi tomondan esa undan keyin işga kirişiş oson böladi.

Yodingizda bölsin, har qanday odam yilda bir marta dam olişi kerak. Vaqtining köp qismini işda ötkazgan odamning unumdorligi kamroq böladi. Xato va kamçiliklarga moyil böladi.

Bundan taşqari, normal qayta tiklaniş hordiğisiz odam turli kasalliklarga moyilligi ortadi. Şuning uçun ta'til vaqtida iş haqidagi fikrlarni eng orqadagi qutiga joylaştiring. Iş poçtasiga kirmaslik va qönğiroqlarga javob bermaslikka harakat qiling. Qolganlar sizsiz ham işni uddalay olsalar kerak.