Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasi aholining içki işlar organlariga nisbatan fikrini örganiş maqsadida, ijtimoiy tarmoqlar orqali ijtimoiy sörov ötkazmoqda. Bu haqda Kun.uzʼga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu ijtimoiy sörovni ötkazişdan maqsad — aholining viloyat içki işlar organlari faoliyatiga nisbatan fikr-mulohazalarini örganiş bilan bir qatorda, sörov natijalaridan kelib çiqqan holda, kamçiliklarni bartaraf etişga qaratilgan aniq va maqsadli çora-tadbirlarni amalga oşiriş hamdir.

Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasi fuqarolardan ijtimoiy sörovda faol iştirok etişini va bu orqali viloyatda tinçlik, osoyiştalik ta'minlanişi va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olişda öz hissasini qöşişni söramoqda.

Ijtimoiy sörovda qatnaşiş uçun uşbu havolaga ötiş kerak.

Şuningdek, viloyat IIB “Facebook” ijtimoiy tarmoğida ham özining rasmiy kanalini oçdi.

Uşbu rasmiy kanalda viloyat içki işlar organlarining faoliyati, jumladan, viloyatda sodir bölayotgan kunlik jinoyat va hodisalar haqidagi qisqaça ma'lumotlar, ötkazilayotgan tadbirlar, jinoyatçilikning ba'zi tahliliy statistikalari, viloyat IIB Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan turli video hamda media materiallar va boşqa muhim, qiziqarli yangiliklar fuqarolar e'tiboriga muntazam ravişda havola qilib boriladi.