Indoneziyada Osiyo öyinlari doirasidagi bahslar davom etmoqda. Özbekistonlik eşkak eşuvçilar yana bir bronza medalini qölga kiritişdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev

1000 metrga kanoeda eşkak eşgan Nurislom Töxtasin öğli va Serik Mirbekov juftligi marraga uçinçi bölib yetib bordi va bronza medalini qölga kiritdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Kamoliddin Alimov

Ta'kidlab ötiş joizki, eşkak eşiş böyiça bugungi 5ta finalda Özbekiston vakillari 4ta medalni qölga kiritişdi. 

Endilikda Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 49taga yetdi - 13 oltin, 18 kumuş va 18 bronza. Ayni vaqtda Özbekiston jamoasi 6-öringa kötarilgan.