Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining taşabbusi bilan Özbekistonga 2018 yil 28-31 avgustda Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boşçiligidagi Yaponiya delegatsiyasi, şuningdek, Nobel mukofoti laureati, professor R.Noyorining taşrifi davom etmoqda. 

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida Nagoya davlat universiteti delegatsiyasi a'zolari iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Unda Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti hamda oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov iştirok etdi. 

Muzokaralarda ikki davlat örtasida ilm-fan sohasida özaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni Yaponiyaning yetakçi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan ötkaziş va malakasini oşirişni taşkil etiş, qöşma ilmiy hamkorlik va talabalar almaşinuvi dasturlarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. 

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi

Uçraşuv yakunida Toşkent davlat texnika universiteti va Yaponiyaning Nagoya universiteti örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida özbekistonlik iqtidorli talabalarni Nagoya universitetida bepul öqitiş böyiça Nagoya universiteti va Toşkent davlat texnika universiteti örtasida özaro kelişuvga erişildi.

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi