Bugun Özbekiston, uning xalqi, urf-odatlari va qadriyatlari dunyo xalqlarining e'tiboriga tuşib, ularning qiziqişini tobora oşirmoqda. Buni turli misollarda köriş mumkin. Qaysidir davlatda özbek qadriyatlariga bağişlangan körgazmalar bölayotgan bölsa, boşqa bir davlatda esa uning tarixiga oida körgazmalar namoyiş etilmoqda. Ammo biror bir xorijlikni özbek tilini örganib, özbek milliy taomlari tayyorlaşini bilişi kişini haqiqatda hayratga soladi.
Videobloger, ayni damda Yaponiyada tahsil olayotgan Sevara mahalliy aholi vakilasi, yaponiyalik qizning sof özbek tilida gapirişi, şu bilan birga, özbek somsasi tayyorlanişidan hayratga tuşdi. U öz taassurotlarini kadrga muhrladi va boşqalarga ulaşdi.
Videodan köriş mumkinki, u yerda yaşayotgan yapon qiz bir vaqtlar Özbekistonga kelin bölgan va bir qança vaqt u yerda yaşagan. Özbek tili va urf-odatlarini öşa yerda örgangan. Yaponiyaga qaytgaç ham, özbek tilini unutmagan va şu bilan birga hovlisida turli mevali köçatlar, jumladan, olma, naşvati va anor yetiştirgan.
Ma'lum bölişiça, yapon qizi vataniga qaytgaç, işini özbekça non sotişdan boşlagan, söngra somsa yopib, sotuvga çiqargan.
- Mahalliy aholi somsaning hidini tuyib, bu nima ekan deb kelişadi, - deydi voqeamiz qahramoni. – Keyin somsani körib, uni xarid qilişadi. Ularga manzur bölmoqda. Somsalarni halol göştlardan tayyorlaymiz. Ilk bor tandir qurib, non yopganimizda, nonning hidi çiqib, menga Özbekistonni eslatib yubordi. Vatanimning hidini tuygandek bölganman öşanda. Çunki ozmi-köpmi öşa yerda yaşadim.
Ma'lumotlarga köra, oila öz biznesini yana kengaytirib, mahalliy aholiga yanada qulayroq va sifatli xizmat körsatiş niyatida.















