Xitoyda «onlayn-miş-mişlar»ga qarşi faoliyat olib boruvçi Piyao («miş-mişlarni rad qiliş» ma'nosini bildiradi) platformasi işga tuşdi, deb xabar berdi Reuters.

Unda yolğon yangilik va xabarlarni ajrata oladigan sun'iy ongdan foydalaniladi. Piyao sayt va mobil körinişida bölib, uning ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ham akkauntlari mavjud.

Bundan taşqari, Piyao mahalliy gazeta va davlat OAVdan olingan «haqqoniy yangiliklar»ni tarqatiş bilan ham şuğullanadi.

«Miş-mişlar şaxs huquqlarini buzadi, miş-mişlar jamiyatda vahima keltirib çiqaradi, miş-mişlar fond bozorlarini larzaga soladi, miş-mişlar biznes yuritişga ta'sir körsatadi», - deyiladi Piyao işga tuşişiga bağişlangan videoda.

Platforma kibermakon masalalari böyiça markaziy komissiya va «Sinxua» agentligi bilan hamkorlikda işga tuşirilgan bölib, öziga öxşagan 40ga yaqin platformani birlaştirgan.

Xitoyda internetda miş-mişdan iborat post joylaştirgan muallif agar bu post 5 ming martadan ortiq körilsa yoki 500dan ortiq repost qilinsa qamoqqa olinişi mumkin.