Iroqning Basra şahrida kamida 18 ming kişi içimlik suvidan zaharlandi. Bu haqda Iroq parlamentining inson huquqlari böyiça komissiyasi tayyorlagan dokladda aytilgan.

Dokladda ta'kidlanişiça, şaharda maxsus kimyoviy laboratoriyalarning yöqligi suv ifloslanişining aniq darajasini aniqlaşga imkon bermaydi. Odamlarda diareya, içak sançişlari va qusiş qayd qilingan. 

Komissiya agar yuqumli kasalliklarni bartaraf etiş böyiça amaliy çoralar körilmasa, ular vabo epidemiyasiga aylanib ketişi mumkinligidan ogohlantirgan.