Turkiyalik mutaxassislar «Tashkent-City» hududida “A” toifadagi innovatsion bino qurişni rejalaştirişmoqda.

№2-raqamli lot-bu faol işbilarmonlik hududi hisoblanadi. Umumiy maydoni 4,5 ga bölgan yerda bir vaqtning özida köp funksiyali beş osmonöpar bino paydo böladi. Ulardan ikkitasi 20 qavatli har biri 75 metrli binodir. Ularda ofis, savdo markazi, soğlomlaştiriş kompleksi, basseyn, fitnes-markaz, kafe va restoranlar joylaşadi. Qolgan uçta 18 qavatli binoda esa haşamatli yuqori texnologiyali uylar joylaşadi. “Aqlli uy” degani bu zamonaviy dizayn, qulay tuzilişli uy bölib, uni qurişda nanotexnologiya va yuqori sifatli quriliş materiallari qöllanadi.

“Aqlli uy”ning inkor etib bölmaydigan afzalliklariga quyidagilar kiradi:
- Şaharni har taraflama köriş imkoni;
- Şovqin va termoizolyatsiya;
- Masofaviy boşqariş imkoniyati;
- Mahalliy internetga ulanganlik;
- Şovqinsiz tez işlaydigan liftlar;
- Yonğin xavfsizligining sensor signalizatsiyasi;
- Yer osti avtomobil töxtaş joylari;
- Yöl-yölakay xarid qiliş mumkin bölgan savdo markazlari.

Tashkent City XIMda, şu jumladan, işbilarmonlik faoliyati hududi hisoblangan Lot № 2 da inşootlar yer ostida ham paydo böladi: zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan yer osti avtomobil turar joylari, texnika va savdo muassasalari, şular jumlasidandir.
Binoni barpo etişda keng kölamli quriliş jarayonini tezlaştiriş, xarajatlarni kamaytiriş va quriladigan binolarning mustahkam bölişini ta'minlaydigan ilğor quriliş texnologiyalaridan foydalaniş rejalaştirilmoqda.
Fikrning isboti sifatida quyidagi misolni keltiriş mumkin: qurilişda xorijda işlab çiqarilgan maxsus sifatli betondan foydalanilmoqda. Uning yonğinga çidamlilik darajasi 4 soatdan ortiq vaqtga yetadi. Qiyoslaş uçun şuni aytiş kerakki, oddiy betonning yonğinga çidamlilik darajasi 2 soat, olov ta'sirida belgilangan vaqtdan söng u burdalanuvçan bölib qoladi. Bundan taşqari, quriliş jarayonida yuqorida işlaşda şağallarni yuqoriga olib çiqiş uçun öz-özini kötaruvçi himoya panellari qurilmalari qöllanilmoqda.












