
Zamonaviy dunyo uzluksiz iş, pul ortidan quviş konsepsiyasini faol tarzda ilgari surmoqda. Odamdan doimiy diqqat talab etadigan kasblar tobora köpaymoqda. Doimiy ravişda kontent yaratişi kerak bölgan blogerlar, bajargan işiga qarab haq oladigan frilanserlar şular jumlasidan. Texnologiyalarning rivojlanişi bizga köp pul işlaş imkoniyatini bermoqda. Bu uyda işlaşga ham, ofisda işlaşga ham tegişli. Biroq hordiqning yöqligi va doimiy iş nimasi bilan yomon? Bu ötiriş holatidagi hayot tarzi bilan qay darajada boğliq? Keling, oydinlik kiritamiz.
Yaxşisi kamroq, biroq unumliroq
Bilasizki, xodimlarning köpçiligida iş kuni – sakkiz soatlik. Biroq tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, ular uç soat haqiqatan ham işlaydilar. Ba'zi kompaniyalarda tajriba ötkazilgan: maoşni töliq sakkiz soatlik iş kuni uçun tölaşgan, biroq xodimlar bor-yöği 3-4 soat işlaşgan. Natija ijobiy: xodimlarning unumdorligi ortgan, firma daromadi esa pasaymagan.

Köpinça bu holat 8 soatlik iş tölaqonli hordiq va boşqa işlarga vaqt qoldirmasligi bilan boğliq. Qaysi birimiz keçki payt sport zali yoki sayrga borişga tayyormiz? Natijada köpçiligimizda qayta tiklaniş uçun vaqt qolmaydi va unumdorlik körsatkiçi tuşib ketadi.
Ötirib işlaş bizni «öldiradi»
Ötiriş holatidagi hayot tarzi - uy, iş, ofis bilan boğliq eng zararli narsalardan biri bölsa kerak. Tibbiyot xodimlari köp kasalliklarga aynan şuni sabab qilib körsatadilar. Yana «ofis sindromi» ham mavjud, u öziga bel, quruq köz sindromi va vena qon tomirlarining kengayişi kabi muammolarni oladi. Bularning bari ötirib işlaş va faol hayot tarzining mavjud emasligi oqibati sanaladi.

Bundan taşqari, şifokorlar semirişni ofisdagi iş bilan boğlaydilar. Axir köpçilik iş stolida peçene va tarkibida şakar bölgan boşqa mahsulotlar bilan tamaddi qilişga odatlangan. Natijada biz har kuni keragidan taxminan 1300 kkal köproq iste'mol qilamiz. Nafaqat ortiqça vazn, balki qandli diabet ham vujudga keladi.










