Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni «Ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda ÖzA xabar qildi.

«Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yetti yilligi bayrami arafasida xalqimizga xos mehr-şafqat, insonparvarlik, bağrikenglik, keçirimli böliş, olijanoblik kabi ezgu fazilatlarni yanada yuksak namoyon etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga muvofiq, Farmon bilan qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan 261 nafar fuqaro afv etildi», deyiladi farmonda.

Farmonga muvofiq, 215 nafar şaxs jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilinib, oilasi va yaqinlari bağriga qaytariladi, şuningdek, 46 nafar şaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 5 nafarini 60 yoşdan oşgan şaxslar, 135 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.

Farmonga köra, afv etilgan şaxslarning ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişi, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişi uçun ularga kömak beriş yuzasidan mas'ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi.