Sizga kerak bölgan narsa bu – yaxşi reja va botirlik. Boşlaşdan avval nima haqida biliş kerak?

Foto: Pixabay

1. Şunday narsalar böladiki, ularga erişiş imkonsiz. Rok-yulduzga aylaniş, taniqli futbolçiga turmuşga çiqiş, tunda aynan öşa muzqaymoqni yeyiş uçun butun şaharni kezib çiqiş -  bularning barini haqiqiy hayotda boşdan keçirişdan köra tasavvur etiş ança yoqimli.

2. Ba'zida esa istaklar aslida sizniki bölmaydi. Masalan, otangiz siz bilan faxrlanişi uçun muvaffaqiyatli advokat bölişni istaysiz.

3. Maqsadga erişiş siz kutgan qoniqişni ta'minlamaydi. U amalga oşgaç, siz orzu qilgan darajadagi xursandçilikni his etmaysiz. Baxt miqdori va davomiyligi böyiça tasavvurlarni börttirişga moyilmiz.

Öz maqsadingiz sari kuraşga kirişişdan avval bu haqida öylang. Aks holda bir neça yil yoki hayotning yarmini besamar ötkazişingiz mumkin.

Maqsadlarga qanday erişiş mumkin?

Foto: Pixabay

Aslida nimani istaşingizni aniqlang

Ba'zida aslida nima istaşimizni bilmaymiz. Xohişlarimizning köpçiligi norozilik sabab tuğiladi va quyidagiça böladi: «Nima istaşimni bilmayman, biroq aniq buni emas».

Siz haqiqatan ham özingiz uçun işlaşni xohlaysizmi yoki bor-yöği işingizdan çarçadingizmi?

Nima istaşingizni aniq biling. Xohlagan narsangizga erişgan holatingizni batafsil tasavvur eting. Nafaqat ijobiy, balki salbiy jihatlarini baholang. Ular doim mavjud. Bunda nimani his qilyapsiz?

Bir-biriga zid istaklarni çiqarib taşlang

«Çiroyli formada bölişni istayman. Sport bilan şuğullanişni yoqtirmayman».

Barça teskari istaklar qulaylik zonasidan çiqişni istamaslikka boğliq: maşqlar, yangi iş yoki xobbi.

Maqsadga erişiş uçun nima qiliş kerakligini öylab köring. Buni bajarmaslik mavjud emasligini ham tekşiring.