Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 9-10 oktabr kunlari Fransiya Respublikasiga taşrif buyuradi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, taşrifning rasmiy maqomi hali oşkor etilmagan, şuningdek, rejaga kiritilgan uçraşuvlar va kutilayotgan natijalar haqida rasmiy ma'lumot yöq. Şunga qaramay, oliy darajadagi rahbarlarning uçraşuviga qadar bir neçta ahamiyatli tadbirlar bölib ötdi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinçi örinbosari Ahadbek Haydarovning Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) Osiyo yönalişi böyiça direktor örinbosari Jan-Klod Pires boşçiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Bundan közlangan maqsad, albatta, Özbekiston Respublikasi hamda Fransiya Respublikasi örtasidagi moliyaviy-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlaş kelişuviga erişişdir. Şuningdek, uçraşuvda FTA tomonidan mamlakat çorvaçilik sohasini rivojlantiriş böyiça loyihalarni moliyalaştiriş, Toşkent şahrining isitiş tizimini modernizatsiya qiliş, quyoş fotoelektrik stansiyasining qurilişi va «Çorvoq» erkin turistik zonasini taşkil etiş kabi masalalarni muhokama etilgani ma'lum qilindi. Şu örinda agentlik Özbekistonga 150 mln yevro hajmida moliyaviy kömak körsatişga tayyorligini bildirgan.
Yana bir ahamiyatli uçraşuv Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasida bölib ötdi.
Unda Fransiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Violen de Vilmor Boş prokuror Otabek Murodov bilan uçraşdi. Frantsuz elçisi yangi taşkil etilgan Boş prokuratura huzuridagi Oliy öquv kurslari Akademiyasida huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlar xodimlari uçun Fransiya davlatidan soha mutaxassislari, ekspertlarni jalb etgan holda birgalikdagi öquv maşğulotlarini ötkazişga qiziqiş bildirgan.
Şuningdek, ikki davlat örtasida huquqiy sohada şartnomaviy-huquqiy hujjatlarni, şu jumladan ekstraditsiya va huquqiy yordam körsatiş töğrisidagi şartnomalar tuziş zaruriyati alohida ta'kidlandi.
Ana şunday uçraşuvlardan biri, Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida Fransiyaning Içki işlar vazirligi Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş Boş direksiyasi ekspertlari iştirokida seminar-trening ötkazildi.
Maqsad – aholi xavfsizligini ta'minlaş va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etiş böyiça özaro tajriba almaşişdan iborat.Iştirokçilar Fransiyaning favqulodda vaziyatlarni oldini oliş va oqibatlarini bartaraf etiş tizimi, köngilli va professional qutqaruvçilarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlaş, şuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş uslublari bilan yaqindan tanişgan.












