Avtomobilsozlik sanoati mamlakat iqtisodiyotida muhim örin tutadi. Lekin, ötgan yillar davomida işlab çiqariş va eksport hajmi kamayib, tarmoqning barça darajadagi boşqaruvida korrupsiya, tovlamaçilik, taniş-bilişçilik kabi illatlar tomir otib ketgani sohaning rivojiga jiddiy tösiq bölib kelgan. Xususan, mahsulot yillar davomida öz tuşumidan past qiymatda eksportga sotilgan. Öz navbatida, tannarxni pasaytiriş böyiça aytarli işlar qilinmagan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Multimediya markazi lavhasida aytiladi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, uning hududiy bölimlari tomonidan 2018 yilning ötgan davri davomida avtotransport vositalarini avtosalonlardan noqonuniy ravişda olib çiqib beriş, rasmiylaştiriş bilan boğliq korrupsiya, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste'mol qiliş kabi holatlar böyiça jami 45ta jinoyat işi qözğatilgan.

Aniqlangan uşbu jinoyat işlari hududlar kesimida köriladigan bölsa, Qaşqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida 1tadan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo, Toşkent viloyatlarida 2tadan, Andijon va Xorazm viloyatlarida 3ta, Farğonada 4ta, Toşkent şahrida 11ta, Buxoro viloyatida 12ta şunday holatlar röy bergani kuzatiladi.

Raqamlardan anglaş mumkinki, bu boradagi qinğirliklarda buxorolik va poytaxtlik qöştirnoq içidagi “şovvozlar” yetakçilik qilmoqda.

2018 yil 17 may kuni Departamentning Buxoro şahar bölimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkaziladi. Fuqaro Suhrob Barotov tomonidan Umida Böstonovaga Buxoro şahridagi avtosalonlardan yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali “Captiva” rusumli avtomaşinani tez orada olib beraman, deya va'da beriladi. Xizmat evaziga esa Suhrob Barotov 1500 AQŞ dollarini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan jinoyat ustida uşlanadi. 

Ana şunday yana bir firibgarlik holatiga departamentning Xorazm viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan çek qöyildi.

Xonqa tumani Ahillik mahallasida yaşovçi fuqaroning qilgan murojaatida körsatilişiça, Urganç şahrida yaşovçi, “Xorazmavtosavdo” MÇJda işlaydigan Azamat ismli şaxs “Damas” rusumli avtomaşina sotib oliş şartnomasi uçun undan 1100 AQŞ dollari talab qilgan. Fuqaroning arizasi yuzasidan 2018 yil 25 avgust kuni tezkor tadbir ötkazildi. Unda fuqaro Azamat Yusupov firibgarlik yöli bilan 1100 AQŞ dollarini olgan vaziyatda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.