2018 yilgi Osiyo öyinlarida Özbekiston boks jamoasi ilk oltin medalni qölga kiritdi.
-52 vazn toifasida final jangida ringga kötarilgan Jasurbek Latipov filippinlik Ladon Rogenga qarşi jang qildi.

Ikkinçi raundda filippinlik boksçi jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi. Hakamlar oçkosiga köra Jasurbek Latipov ğolib deb topildi - 3:1 (20:18, 19:19, 18:20, 20:18, 20:18). U Osiyo öyinlari ğolibiga aylandi.


Uning oltin medali Özbekiston delegatsiyasining 16-oltin medaliga aylandi.
Oldinda yana 5 özbekistonlik boksçi ringga çiqadi:
-56kg: Miraziz Mirzahalilov - Xyo Nam Jo (Şimoliy Koreya)
-60kg: Şunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Möğuliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Çinzorig Baatarsux (Möğuliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Şimbergenov (Qozoğiston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozoğiston)










