Indoneziyaning Jakarta şahrida Osiyo öyinlarining futbol turniri nihoyasiga yetdi.

Finalda Janubiy Koreya va Yaponiya yoşlar terma jamoasi bahs yuritdi. Öyinning asosiy vaqtida hisob oçilmadi. Qöşimça vaqtlarda koreyaliklarning qöli 2:1 hisobida baland keldi. Natijada, ular boş sovrinni qölga kiritdilar.
Endilikda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi a'zolari xalqaro musobaqada ğalaba qozongani tufayli harbiy xizmatga boriş majburiyatidan ozod etiladi. Jamoa futbolçilari orasida ayniqsa «Tottenhem» hujumçisi Son Hyon Min şuni istayotgan edi.


Uçinçi örin uçun bahsda BAA yoşlari Vetnamni penaltilar seriyasida mağlub etişdi va bronza medallariga ega bölişdi.
Osiyo öyinlari - 2018, futbol
1 sentabr, Jakarta
Final
Janubiy Koreya U23 - Yaponiya U23 - 2:1 (q.v.)
Gollar: Li Sin U (93), Xvan Xi Çxan (101) - Ueda (115)
3-örin uçun bahs
Vetnam U23 - BAA U23 - 1:1 (pen.3:4)
Gollar: Nguyen (27) - Al-Hoşimiy (19)











