“Mersedes” jamoasi poygaçisi, britaniyalik Lyuis Hemilton “Formula-1”ning 14-bosqiçi – Italiya Gran-prisida ğolib böldi.
2-örinni Kimi Raykkonen (“Ferrari”) egalladi. Finlyandiyalik poygaçi faoliyati davomida yuzinçi marta şohsupaga kötarildi. Marraga uçinçi bölib Valtteri Bottas (“Mersedes”) yetib kelgan.
Umumiy hisobda 2-örinni egallayotgan Sebastyan Fettel (“Ferrari”) Hemilton bilan 1-davrada töqnaşgandan keyin köplab pozitsiyani yöqotgan, biroq natijada 4-örinni egallagan.
Hemilton umumiy hisobda 256 oçko töplab, yetakçiligini mustahkamlab oldi. Endi u ortidan kelayotgan Fetteldan 30 oçko oldinda bormoqda.
Poyganing navbatdgi bosqiçi Singapurda 13-16 sentabr kunlari bölib ötadi.












