«Insonlarning dardu taşvişlari bilan yaşaş insoniylikning eng oliy mezonidir». Bu jumlaga ba'zi xalq qabulxonalariga kiraverişda közingiz tuşadi. Prezident Şavkat Mirziyoyev xalqni rozi qiliş, ularning muammolariga yeçim topişni bugungi siyosatning asosi deb bilmoqda. Hozirgi kunda mazkur siyosat jamiyatning har bir sohasida jadallik bilan amalga oşirilmoqda. Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, diniy va boşqa sohalarda ham ijobiy tomonga özgarişlar kuzatilmoqda. Şunday bölsada, ba'zi taşkilotlar tomonidan muammoni töliq örganmaslik, xalq fikriga qiziqmaslik va qonunni mazmunan anglamaslik holatlari uçrab turibdi.

Yaqinda Namangan şahrida yaşovçi bir guruh fuqarolardan KUN.UZ tahririyatiga murojaat kelib tuşdi. Maktub mualliflarining köpçilik qismini keksa yoşdagi, hayotiy tajribaga boy fuqarolar taşkil etadi. Uni örganiş maqsadida vodiyga, Namangan viloyatiga yöl oldik. Murojaat bir vaqtlari jome masjidi sifatida foydalanilgan va 1998 yil noma'lum sabablarga köra yopilgan masjid xususida edi.

Avvaliga masjid töğrisida nafaqadagi tarixçi otaxon Adham Nuriddinov sözlab berdi. Bir vaqtlar Axsikent şahri (hozirgi Namangan şahri atroflari) XVIII asr boşlarida Şayboniylar sulolasiga qaraşli hudud bölgan. Şayboniylardan hududni asli mirlar uruğidan bölgan Mirzo Donoboy sotib olgan. U öz mablaği hisobidan madrasa, masjid, tegirmon va şunga öxşaş xalq uçun zarur bölgan bino-inşootlar qurdirgan. Keyinçalik «din afyundir (zahar)» şiori ostida mavjud masjidlar yopilişi boşlangan, qabrlar tekislangan. 1938 yilga kelib bu hududga paxta ekiş boşlangan. Şu yillar içida qarovsiz qolgan masjid xaroba holga kelib qolgan. 1942 yildan masjid faoliyatiga ruxsat beriladi. 

1953 yilgaça, Stalin ölimiga qadar, masjid öz faoliyatini yuritgan. Keyinçalik Xruşçev hukmronligi davrida masjidlar faoliyati yana çeklangan. Vaqt ötişi bilan Özbekiston mustaqillikka erişgaç bu tarixiy masjid faoliyati qayta tiklangan. 1992 yil 25 mart kuni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 23-son bilan röyxatdan ötkazilgan. Uşbu majmua jome masjidi maqomida öz faoliyatini qonuniy asoslarda 1998 yilgaça yuritgan. 

Biroq masjid faoliyati 1998 yilga kelib noma'lum sabablarga köra taqiqlab qöyilgan. Şunday bölsada, masjid öşa davrda amalda bölgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.1998 yildagi 263-sonli qarori asosida tegişli tartibda yopilmagan. Jumladan, taşkilot rahbar organi qarori qabul qilinmagan, hisob raqamlari yopilmagan, matbuotda taşkilot tugatilayotgani haqida e'lon berilmagan, muhr va ştamplar yöq qilinmagan.