Rio-de-Janeyroda Braziliyadagi eng qadimiy muzey – Braziliya milliy muzeyi yonib ketdi. Heç kim jabrlanmagan, biroq muzeydagi kolleksiyaning katta qismi yöqotilgan. Muzey 200 yillik tarixga ega bölib, unda bir vaqtlar qirol va ikki imperator qarorgohi bölgan.

Yonğin 2 sentabr soat 19:30 da boşlangan. Muzey bu vaqtda yopiq bölgan va şu sababli jabrlanuvçilar bölmagan. 

Yonğin qisqa vaqt içida XIX boşida qurilgan inşoot böylab tarqalgan. Olov köplab eksponatlarni saqlaş uçun oson alangalanuvçi kimyoviy moddalar qöllangani sababli tez tarqalgan.

Yonğin oqibatida 20 mlndan köproq eksponat va 200 yillik tadqiqot va ilmiy işlar yöq bölgan. Umumiy hisobda 20 ming kvadrat metrdagi ekspozitsiyalar yonib ketgan.

Jumladan, hayvonlar, haşarotlar, minerallar, hindular idiş-tovoqlari, Misr va Janubiy Amerika mumiyolari, arxeologik asori-atiqalar, meteoritlar kolleksiyasi yöqotilgan.

Braziliya prezidenti Mişel Temer tvitterda “yetkazilgan ziyonni baholaşning imkoni yöqligini” yozgan. “200 yillik iş yöqotildi. Bu kun barça braziliyaliklar uçun qayğuli kundir”, deb yozgan Temer.   

Ta'kidlanişiça, politsiya yonğin sababini örnatiş bilan şuğullanmoqda. Dastlabki taxminlarga köra, yonğin muzeyning yertölasida boşlangan.

1818 yilda Portugaliya qiroli Juan VI tomonidan taşkil etilgan muzey 2018 yil iyunda 200 yilligini nişonlagan.