Ma'lum bo‘lishicha, 18 avgust kuni “O.Vodiy” MFYda yashovchi H.J. ismli ayol murojaat qilib, shu yil fevral va mart oylarida qo‘shnisi, fermer xo‘jaligi raisi Sh.X. va fuqaro N.I., H.J.ning turmush o‘rtog‘iga fermer xo‘jaligidan 3 gektar yer maydoni ajratib berishlarini aytib, aldov yo‘li bilan 6 mln 900 ming so‘m pulini olgani va bergan va'dalarini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklarini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.X. va X.E. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











