Özbekistonda emlaş tadbirlarining yuqori darajada tizimli taşkil etilganligi, kelgusida tadbirlarni takomillaştiriş va mazkur tajribani xalqaro darajada keng tatbiq etiş maqsadida, joriy yilning 5-15 sentabr kunlari respublikaga JSST, GAVI, YUNISEF taşkilotlaridan ekspertlar taşrif buyuradi. Bu haqda Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Ekspertlar Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining vakillari iştirokida ma'muriy hududlarda bölib, davolaş-profilaktika muassasalarida immunizatsiya tadbirlari ötkaziliş jarayonlarini örganadilar.
Sanitariya-epidemiologiya masalasida aholining xotirjamligini ta'minlaş yuzasidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar natijasida, mamlakat aholisi örtasida yuqumli kasalliklar böyiça epidemik vaziyatning barqarorligi ta'minlanib kelinmoqda. Jumladan, karantin va öta xavfli yuqumli kasalliklar, bundan taşqari poliomiyelit, difteriya, qoqşol kasalliklari qator yillar mobaynida qayd etilmadi.
2015 yildan milliy emlaş kalendari asosida 12 ta yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş işlari olib borilmoqda. Vaktsinalar davlat byudjyeti hisobidan YUNISEF xalqaro taşkiloti orqali ta'minlanmoqda.
Ötgan 1995 yildan boşlab “kengaytirilgan emlaş” milliy dasturi qabul qilingan bölib, 3 yoşdan 60 yoşgaça bölgan aholi örtasida difteriyaga qarşi, 5 yoşgaça bölgan bolalar örtasida poliomiyelitga ommaviy emlaş tadbiri ötkazildi va şu yilning özidayoq respublikada poliomiyelit kasalligi butunlay tugatildi va mamlakatimizga Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotining “Özbekiston poliomiyelit kasalligidan ozod”ligi töğrisidagi sertifikati berildi.
Qolaversa, MDH davlatlari örtasida birinçi bölib mamlakatda davlat byudjyeti hisobidan vaksinalarni sotib oliş va ularning saqlanişida asosiy şartlardan biri bölgan “sovuqlik zanjiri” tizimi takomillaştirildi va bolalarni töliq bepul emlaş işlari yölga qöyildi.
Aholini emlaş qamrovi 98% yuqori körsatkiçda bajarilişi natijasida 1995 yildan boşlab polimiyelit, 2002 yildan difteriya, çaqaloqlar qoqşoli, 2011 yildan qizamiq va qizilça röyxatga olinmayapti.
Respublikada şol kasalligi böyiça mavjud barqaror epidemik vaziyatni saqlab turiş, bu kasallikka moyil bölgan aholi guruhlarida immunitet tarangligini talab darajasida bölişini ta'minlaş va kasallikka moyil bölgan aholini emlaş bilan töliq qamrab oliş maqsadida, joriy yilning may oyidan boşlab, milliy emlaş kalendariga inaktivlangan poliomiyelit vaksinasi (IPV) bilan 4 oylik bolalarni emlaş kiritildi.












