4 sentabr kuni Qirğiziston Respublikasining Çölpon-Ata şahrida bölib ötayotgan Butunjahon köçmançi xalqlar öyinlarining ikkinçi kunida özbekistonlik sportçilar qozoq kuraşi, pahlavani (Eron kuraşi), goreş (Turkmaniston kuraşi) va loçin ovi va tayganlar yugurişi, mas-restling böyiça bahslarga kirişdi.
Özbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, öyinlarning ikkinçi kunida qozoq kuraşi böyiça 20ta davlatdan 56 nafar sportçi iştirok etib, Özbekiston jamoasi vakili Sarvar Ikromov (-90 kg) kumuş medalni qölga kiritdi. Goreş (Turkmaniston kuraşi) böyiça bölgan bahslarda esa Şerzod Rahimov mutlaq vazn toifasida bronza medaliga sazovor böldi.
Loçin ovi va tayganlar yugurişi böyiça bahslarda dunyoning 10 davlatidan 25 nafar sportçi iştirok etib, loçinda ov yönalişida özbekistonlik Denis Tsoy bronza medalini qölga kiritdi.
27ta davlatdan 127 nafar nafar sportçi iştirok etgan mas-restling böyiça bahslarda ham Özbekiston vakillari salmoqli yutuqlarni qölga kiritişdi. Ayollar örtasida ötkazilgan bahslarda Regina Mulyaşeva (-55 kg) kumuş, Madina Eliyeva (-125 kg) bronza medalini qölga kiritgan bölsa, erkaklar örtasidagi bahslarda Islom Abdumalikov (-60 kg), Ilyos Kadirov (-90 kg) va Nasim Rajabov (-125 kg) bronza medaliga sazovor bölişdi.
Şu tariqa, 4 sentabr kuni ötkazilgan bahslarda özbekistonlik 20 nafar sportçi iştirok etdi va jami 8ta medal (2ta kumuş, 6ta bronza) qölga kiritildi.
Bugun, 5 sentabr sanasida Özbekiston vakillari mangol box (Möğuliston kuraşi) va qirğiz kuraşi turlari böyiça bahslarga kirişadi.
Eslatib ötamiz, Butunjahon köçmançi xalqlar öyinlarining birinçi kunida 11ta medal qölga kiritilgandi.
2 sentabrdan 8 sentabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan taşrif buyurgan 1556 nafar sportçi medallar uçun bahs olib bormoqda. Özbekiston delegatsiyasi 13ta sport turi böyiça 58 nafar sportçi bilan iştirok etmoqda.












