Bugun, 5 sentabr kuni Toşkentdagi «Universal» sport saroyida boks böyiça sobiq Yevropa va jahon çempioni, professional boksda öz vaqtida WBC, WBA, IBF yönalişlarida çempionlik kamariga egalik qilgan Konstantin Tszyu iştirokida master-klass taşkil etildi.

«Milliy olimpiya qömitasi hamda Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi hamkorligida ötkazilgan uşbu tadbir yiğilganlar örtasida katta qiziqişlarga sabab böldi. Mahorat saboqlari oldidan akrobatik şou namoyiş etildi. Söngra tadbirning asosiy mehmoni Konstantin Tszyu davraga çiqib keldi va yoş boksçilar bilan maşğulotlar olib bordi. Özbek boksining ertangi kun egalari ötkazilgan mahorat darslarida özlari uçun yangi bölgan bir qança bilim va könikmalarni özlaştirdilar.

Uşbu master-klass tadbirni tomoşa qiliş uçun taşrif buyurgan faxriylar va maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyalanuvçilarida bir olam taassurot qoldirdi. Tadbir davomida muxlislar Tszyu bilan suhbatlaşib, suratga ham tuşişdi», deyiladi Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabarida.

Master-klassdan söng köngiloçar tomoşalar ham ötkazilgan.

Tadbir yakunida sobiq boksçiga esdalik sovğalari taqdim etildi. Milliy olimpiya qömitasi nomidan maxsus sovğani Boş kotib Jasur Matçanov topşirdi.

«Yoşim ellikka yaqinlaşib qoldi. Ammo, har kuni maşğulot ötkazaman. Çunki, özimga-özim va'da berganman. Sizga ham maslahatim şu. Özingizga va'da bering va buni amalga oşiring. Maşğulotlarni töxtatmang. Öz maqsadingiz sari intilişda davom eting. Albatta orzuingizga erişasiz», – deydi Tszyu özbekistonlik yoş boksçilarga qarata.