Sönggi ön yilda Özbekistonda nevrologik kasalliklar körsatkiçi tobora ösib bormoqda, ular orasida ölim holatlari bilan tugayotganlari ham talaygina, reabilitatsion tadbirlarning past darajasi esa aholi orasida nogironligi bölgan şaxslarning köpayişiga olib kelmoqda. Nevrologik kasalliklarni erta aniqlaş, ularni davolaş va profilaktika tadbirlarini taşkillaştiriş, bu yönalişda ilmiy-amaliy tadqiqotlar ötkaziş mumkin bölgan yagona markazlaşgan tizim yöq.
Zamona talabiga javob beruvçi nevrologik yordam körsatiş xizmatlarini takomillaştiriş hamda ixtisoslaştirilgan yordam körsatiş turlarini kengaytiriş, uning sifatli va hamyonbop bölişiga erişiş maqsadida 30 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga nevrologik yordam körsatiş xizmatlarini takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida"gi 3925-sonli qarori imzolandi.
Hujjatga köra, Özbekistonda Respublika ixtisoslaştirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati taşkil etiladi. Mazkur markazning asosiy vazifasi nevrologik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolaşning yagona vertikal tizimini yaratiş, davlat tibbiyot taşkilotlarining nevrologiya bölimlarini taşkiliy-uslubiy boşqariş, eksperimental va klinik nevrologiya sohasida zamonaviy texnologiyalar yordamida kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oşiriş, nevrologik kasalliklarni öz vaqtida aniqlaşga doir izlanişlar olib boriş, hujayra va gen terapiyasiga doir innovatsion yondaşuvlarni işlab çiqiş, skrining tadqiqotlarini tatbiq qiliş hamda insult, epilepsiya va boşqa keng tarqalgan nevrologik kasalliklar qayd etilgan bemorlarni röyxatga oliş, nevrologiya va neyroreabilitologiya sohasida işlovçi kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş, sohaga oid seminar-treninglar, mahorat darslari, vebinarlar ötkaziş hamda bunda xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş kabilardan iborat.
Bundan buyon davlat tibbiyot taşkilotlarining ixtisoslaştirilgan nevrologiya bölimlari Markazning taşkiliy-uslubiy bölimlari hisoblanadi.
Hujjat doirasida Aholiga ixtisoslaştirilgan nevrologik yordam körsatiş böyiça samaradorlikni oşirişga doir çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Qaror bilan vazirlik va idoralar rahbarlari Çora-tadbirlar dasturida közda tutilgan işlarni öz vaqtida, töliq va sifatli körsatiş uçun şaxsan mas'ul ekanliklari belgilab qöyildi.
Markaz ikki oy muddat içida malakali mutaxassislar bilan ta'minlanişi kutilmoqda. 2019 yilning 1 dekabriga qadar nevrologik kasalliklarni aniqlaş va davolaş standartlari, klinik protokollar qayta körib çiqiladi.
Qaror ijrosi nazorati Özbekiston Respublikasi Prezident ma'muriyati rahbari Z.Ş.Nizomiddinov, Prezident maslahatçisi A.A.Abduvohidov hamda Boş vazir örinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklatildi.











