Prezident Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 30 avgust kuni “Aholiga nevrologik yordam körsatiş xizmatlarini takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabariga köra, mazkur huquqiy hujjatga muvofiq, Respublika ixtisoslaştirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi taşkil qilindi. Endilikda markaz nevrologik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolaşning yagona vertikal tizimini yaratiş, davlat tibbiyot taşkilotlarining nevrologiya bölimlarini taşkiliy-uslubiy boşqariş, eksperimental va klinik nevrologiya sohasida zamonaviy texnologiyalar yordamida kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlarni va nevrologik kasalliklarni öz vaqtida aniqlaşga doir izlanişlar bilan şuğullanadi.
Şuningdek, hujayra va gen terapiyasiga doir innovatsion yondaşuvlarni işlab çiqiş, skrining tadqiqotlarini tatbiq qiliş hamda insult, epilepsiya va boşqa keng tarqalgan nevrologik kasalliklar qayd etilgan bemorlarni röyxatga oliş, nevrologiya va neyroreabilitologiya sohasida işlovçi kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, soha mutaxassislari uçun seminar-treninglar, mahorat darslarini ötkaziş va bunda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöygan holda faoliyat yuritadi.
Kuni keça yangi taşkil etilgan mazkur tibbiyot markaziga Abdufarrux Karimov direktor etib tayinlandi. 42 yoşli tibbiyot fanlari nomzodi A.Karimov uzoq yillar davomida Rossiya va Amerika Qöşma Ştatlarining qator nufuzli davolaş muassasalari va klinikalarida neyroxirurg sifatida faoliyat körsatiş bilan birga, malaka oşirib, ilmiy izlanişlar olib borgan. Rus va ingliz tillarini mukammal özlaştirgan.
Ma'lumot uçun A.Karimov bunga qadar Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining neyroxirurgiya bölimi boşliği lavozimida faoliyat körsatib kelayotgan edi.











