Ta'lim böyiça nazariyaşunos va amaliyotçilar öqitişning raqamli texnologiyalari deganda nimani nazarda tutişlari borasida bir fikrga tez orada kela olişmaydi. Dijital tirik öqituvçini töliq siqib çiqarmaydi. Odamlar orasidagina haqiqiy insonga aylaniş mumkin, ta'limning asosiy vazifasi ana şundan iborat. Şuning uçun gadjyet, dastur va internet haqida gapirganda ta'limning raqamli vositalarini nazarda tutamiz.

Foto: Pexels

«Foksford» onlayn-maktabi direktori Aleksey Polovinkin hozirda maktab öqituvçilari öqitişning qanday raqamli uslublaridan foydalanayotgani, «bölajak maktablar»da qaysilarini qöllaşlari haqida gapirib beradi.

Dijitalning bugungi ta'limdagi örni

Smartfon ekraniga bir neça marta bosiş orqali ota-onalar farzandlarini şifokor qabuliga yozdiradilar va mahsulotlarni onlayn xarid qilişadi. Kompyuter hayotni boşqariş pultiga aylantirganiga qaramay, bolalar öqiş uçun maktabga borişmoqda. Tirik öqituvçi zarur, bundan taşqari, u zamonaviy texnologiyalarni öz imkoniyati darajasida qöllaşga urinmoqda.

Hozirda öqituvçilar multimediya doskasi, proyektor, printer, skaner, kompyuterdan foydalanişmoqda. Taqdimotlar, matn, audio va videomateriallarni tayyorlab, işga tuşirmoqda. Öquv materiallarini internetdan topib, uni kompyuterga yuklamoqda. Maktab öquvçilari uçun testlarni saytlar tuzişyapti.

Qanday örgatişadi?

Öyin yordamida

Fikrimça, odamlar va hayvonlar bilim va ijtimoiy könikmalarni öyin orqali yaxşi özlaştirişadi. Şer bolalari ov qilişni, bolalar esa «dökon» va «kasalxona» öyinlarini öynaydilar. Har qanday yoşdagi  odam tasavvur, diqqat va  xotirasini real yoki virtual öyinda maksimal darajada işga soladi. Aynan şu öyinlaştirişni raqamli ta'limning trendi  deb nomlaydilar.

Harbiy, treyder va öqituvçilar öquvçilar xavfsiz muhitda zaruriy könikmalarni rivojlantirişi uçun kompyuter öyinlaridan foydalanişadi. AQŞ maktablaridagi jamiyatşunoslik fani öqituvçilari öquvçilarga onlayn-öyinda şaxsiy yuridik firmani oçişni taklif etadilar. Şunday qilib, bolalar fuqarolik jamiyati asoslarini örganişadi va öz huquqlarini himoya qilişga örganadilar.