Işga joylaşiş yoki öqişga kirişdan avval ötkaziladigan suhbat jarayoni – kuçli zöriqiş. Siz bu iş sizga mos ekaningizni bilasiz va işga oladigan odamda yaxşi taassurot qoldirişingizning özi kifoya. Biroq asablar pand beradi. Bunday vaziyatda xotirjamlikni saqlaş uçun nima qiliş lozim?

Foto: Unsplash

Asosiy ma'lumotlarni biling

Suhbat qanday ötkazilişi muhim emas. U xoh telefon orqali, xoh kompaniya ofisida rekruterlar yoki top-menejyerlar tomonidan ötkaziladimi, unga tayyorgarlik körişingiz şart.

Kompaniya, bölajak işingiz va vazifalaringiz töğrisidagi barça ma'lumotlarni örganing. Özingiz haqingizda gapirib berişingiz, söralganida aytiş uçun qisqa nutq tayyorlang. Tayyorgarlik – xavotirni yengişning eng yaxşi usuli.

Maşq qiling

Suhbat jarayonini döstingiz, oila a'zolaringiz, ustozingiz bilan maşq qiling.

Amaliyot miyada tanlangan xulq-atvor tipiga javob beradigan neyron aloqalarni örnatişda yordam beradi. Siz odat böyiça avtomatik tarzda javob berasiz. Bu neyron aloqalarini mustahkamlaş orqali zöriqiş holatida kerakli javobni aytiş osonlaşadi.

Foto: Unsplash

Tuşkunlikka tuşmang

Bari yaxşi ketayotgandek körinsa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qiliş lozim. Özingizga quloq soling. Ana öşanda iş qidiriş uçun yana vaqt sarflaşga töğri kelmaydi.

Özingizni maslahat beruvçi odam sifatida tuting. Siz ham kompaniyani baholaşingiz kerak. U sizga haqiqatan mos keliş-kelmasligini tuşunişingiz lozim.

Muhimi – özingizga işonç

Psixologiyada işonç tuşunçasi odamning öz oldiga qöygan maqsadlariga erişişiga bölgan işonçini anglatadi. Bu juda muhim xususiyat.

Öz könikmalaringiz va jihatlaringizni örganing. Agar özingiz uçun yangi bölgan soha böyiça işga joylaşmoqçi bölsangiz, ötmişdagi qaysi tajribalaringiz sizga yordam  berişi mumkinligi töğrisida öylab köring. Kuçli işonç hissi lavozimni egallaşga munosib ekaningizni iş beruvçiga yetkaza oliş imkonini beradi.