Şu kunlarda Toşkent şahar hokimiyati binosida «Oçiq eşiklar kuni» tadbiri ötkazilmoqda. Unda mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar öz loyihalari bilan qatnaşmoqda.
Mana şunday tadbirkorlardan biri «QFI» xususiy korxonasi öz loyihasi bilan qatnaşdi. Uning loyihasi taşqi reklamaning LED çiroqlari bilan yoritilgan monitor eskizlari va trotuar yoritiş ustunining zamonaviy usulda körinişi deb nomlanadi.

Loyihaning maqsadi şahar çiroyiga körk qöşiş va taşqi reklama ustunlarini zamonaviy, innovatsion usulda joylaştiriş hamda ijtimoiy sohaga yordam beriş, şu bilan birga turizmni rivojlantiriş hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 1 million dollar va 100% çet el investitsiyasi asosida taşkil etiladi. Loyihaga hamkor davlatlar Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi. Loyiha işga tuşsa yangi 30 ta iş örni yaratiladi.
















