Özbekiston ayollar çempionatining 19-turidan örin olgan «Şörtan Lady» - «Qizilqum Guli» öyinida qiziq voqea yuz berdi.

«Şörtan» futbolçisi Uldona Töxtayeva öyindan oldin kelin salomini berdi, deb xabar qiladi Diyor Imomxöjayev.

Qayd qilinişiça, futbolçi turmuşga çiqqaniga bir hafta bölgan va şu tufayli, özbek urf-odatiga köra, stadionda kelin salomini bergan. Bundan taşqari, Uldona Töxtayeva öyin davomida golli uzatmani ham amalga oşirgan.