Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov va Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov özaro hamkorlikni, jumladan «KAMAZ» korxonasining Özbekistondagi loyihasini muhokama qildi. Uçraşuv Tatariston hukumat uyida bölib ötdi, deb xabar berdi chelny-biz.ru.

Xabarda aytilişiça, sentabr oyida Özbekistonda «KAMAZ» bilan yana bir qöşma korxona oçilişi kutilmoqda.
Joriy yil boşida «KAMAZ» Samarqand viloyatining Jomboy şahrida joylaşgan UzAutoTrailer işlab çiqariş maydonlarida yuk maşinalarining dastlabki partiyasini çiqardi.
Hamkorlar 2018 yilda bozorga 1500 donaga yaqin avtotexnika, jumladan gaz ballon qurilmali avtomobillarni yetkazib berişni rejalaştirgan. Zavod yiliga 2000 dona avtotexnika işlab çiqariş quvvatiga ega bölib, bu miqdorni 5000 donagaça yetkaziş imkoniyati mavjud.











