“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 76-moddasida: “Aktsiyadorlarining soni beş yuzdan ortiq bölgan jamiyat uçun jamiyat kuzatuv kengaşining son tarkibi yetti a'zodan kam bölişi, aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq bölgan jamiyat uçun esa töqqiz a'zodan kam bölişi mumkin emasligi” belgilangan.
“Respublikamizda köplab aksiyadorlik jamiyatlarida 1000dan ortiq aksiyador mavjud bölib, ularning katta qismi juda oz miqdorda aksiyaga ega. Lekin ular son jihatdan köpçilikni taşkil qiladi. Uşbu aksiyadorlarning katta qismini vafot etgan insonlar, yopilgan korxona va taşkilotlar taşkil qilmoqda. Köpçilik aksiyadorlar oz summadagi öz aksiyalarini meros sifatida qoldirmagan”, - deyiladi murojaatda.
Bildirilişiça, kuzatuv kengaşi a'zolari sonini mavjud bölmagan aksiyadorlar hisobiga 9ta etib uşlab turiş aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlar manfaatlariga muvofiq emas.
“Uşbu talabni bekor qilişni yoki aksiyadorlar umumiy yiğilişi tomonidan eng kamida 5 kişidan iborat bölgan Kuzatuv kengaşi a'zolarini saylaşi mumkin degan normani kiritişni taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.












