Darvozabon Ignatiy Nesterov Özbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi yubiley 100-öyinini ötkazmoqda.
U terma jamoaning Suriyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida boşlanğiç tarkibda öyinni boşladi.
Futbolçilik faoliyati davomida «Dinamo» (2001), «Paxtakor» (2001-09) va «Bunyodkor» jamoalari darvozasini qöriqlagan futbolçi ayni vaqtda Toşkentning boşqa bir jamoasi «Lokomotiv» a'zosi hisoblanadi. U Özbekiston çempionatida turli jamoalar safida 10 marta çempion bölgan, 2003, 2004 va 2012 yillarda Osiyo çempionlar ligasi yarim finalida öynagan.
U terma jamoada 2002 yilda debyut qilgan. Nesterov terma jamoa bilan 4 marta Osiyo kubogida iştirok etgan.












