Isroil Suriya janubidagi isyonçi tuzilmalarni yaşirinça qurollantirgan va moliyalaştirgan. Bu tuzilmalar Eronni qöllab-quvvatlovçi kuçlar va IŞID jangarilarining Suriya-Isroil çegarasiga yaqin hududlarni egallab olişiga yöl qöymagan. Bu haqda uşbu tuzilmalarning 20 ga dan köproq qömondoni va a'zolariga iqtibos keltirgan holda Foreign Policy naşri xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, gap oxirgi yillar davomida Isroildan qurol va moliyaviy kömak olgan kamida 12 guruh haqida ketmoqda. Isroil kuç tuzilmalari isyonçilarga Golan tepaliklari va Suriyani boğlovçi uç punkt orqali qurollarni bergan. Oxirgi şunday holat iyulda bölgan.
Foreign Policy hisob-kitoblariga köra, har bir jangçiga oyiga 75 dollarga yaqin maoş tölangan. Tuzilmalar miltiq, pulemyot, minomyot, avtomobillar, Suriya qora bozorida qurol sotib oliş uçun qöşimça mablağlar bilan ta'minlangan.
Bunday xabarlar avval ham boşqa OAVda, jumladan Wall Street Journal naşrida paydo bölgan.













