“Korporativ, loyiha boşqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” Özbekiston Prezidentining qarori qabul qilindi.

Hujjatda aytilişiça, mazkur qaror qabul qilinişidan maqsad, oliy ta'lim muassasalari va oliy öquv yurtidan keyingi ta'lim muassasalarida ta'limning ilğor usullarini joriy etiş, şuningdek, korporativ, loyiha boşqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştirişdir.

Qarorga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi huzuridagi Korporativ boşqaruv ilmiy-ta'lim markazining nomi Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boşqaruv respublika oliy maktabi deb özgartirildi. 

Biznes va boşqaruv oliy maktabiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi bilan kelişilgan holda şu sohadagi yetakçi xorijiy ta'lim muassasalari bilan uşbu muassasalarning öquv rejalari va dasturlari asosida Özbekiston Respublikasida tan olinadigan davlat namunasidagi diplomlar bergan holda magistratura dasturlari yuzasidan “ikki diplom” (double degree) modeli böyiça öqişni taşkil etiş borasida kelişuvlar tuziş huquqi berildi.

Bundan taşqari, oliy maktab normativ va qisqartirilgan muddatlarda (an'anaviy va masofaviy texnologiyalar), işlab çiqarişdan ajralmagan holda magistraturada öqişni taşkil etiş, şuningdek, Biznes va boşqaruv oliy maktabi dasturlari böyiça öqiş uçun nomzodlarni tanlab oliş mezonlarini belgilaş, oliy ta'lim muassasalariga, oliy öquv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş muassasalariga, ularning mulkçilik şakli va böysunuvidan qat'i nazar, masofaviy öqitişni taşkil etiş huquqiga ega böldi.