Özbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (Oliy maktab) direktorining birinçi örinbosari Şaxrux Şaraxmetov Rossiya xalq xöjaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) rektori Aleksey Komissarov bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Tomonlar şeriklik aloqalarini kengaytiriş, akademik almaşinuvni faollaştiriş, şuningdek, qöşma ta’lim dasturlarini yanada rivojlantiriş va diversifikatsiya qilişga qaratilgan kelgusidagi hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qildilar.
Uçraşuvning muhim natijasi “Menejment magistri” va “Biznes boşqaruvi (MVA)” mutaxassisliklari böyiça qöşma magistratura ta’limini yölga qöyiş böyiça qöşimça kelişuv bitimi imzolanişi bölib, u nafaqat ikki muassasa örtasidagi şeriklik doirasini kengaytiradi, şuningdek, aspirantura dasturlarini amalga oşiriş va hamkorlikda ilmiy rahbarlik amaliyotini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar oçadi.
Dastur professional ösiş, yetakçilik va strategik fikrlaşni rivojlantirişdan manfaatdor tadbirkorlar, yuqori darajadagi menejerlar, iqtisodiyot va sanoat sohasidagi mutaxassislar uçun möljallangan.

Ma’lumot uçun: RANXiGS Rossiyadagi eng yirik oliy öquv yurtlaridan biri bölib, boşqaruv kadrlarini tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Akademiya Rossiya böylab 47 ta filialni öz içiga olib unda 60 dan ortiq mamlakat mutaxassislari faoliyat olib boradi.
Dasturning asosiy afzalliklari:
Tinglovçilar sirtqi ta’lim şaklida Oliy maktabda uç semestr hamda törtinçi semestrni RANXiGS oliygohida Moskva şahri markazida joylaşgan turar joy bilan ta’minlangan holda davom ettiradilar;
Zamonaviy ta’lim usullaridan foydalangan holda yuqori sifatli öqitiş tinglovçilarga ilğor bilim va amaliyotlarga ega böliş imkonini beradi. Darslar yetakçi xorijiy va mahalliy professorlar tomonidan olib boriladi;
Dastur xalqaro menejment standartlari va amaliyotini, şu jumladan, Özbekiston şaroitlariga moslaştirilgan yevromenejment modellarini öqitişni öz içiga oladi. Bu tinglovçilarga raqamli transformatsiya va global raqobatga moslaşiş imkonini beradi;
Ikki yillik öqiş davomida tinglovçilar korporativ boşqaruv, biznesni strategik rivojlantirişning zamonaviy texnologiyalarini özlaştiradilar, şuningdek, Özbekistondagi real keyslar va Rossiyadagi ilğor biznes amaliyotlari misolida amaliy könikmalarga ega böladilar.












