Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boşqaruv respublika oliy maktabi (Oliy maktab) quyidagi magistratura mutaxassisliklari böyiça 2019-2020 öquv yiliga hujjatlar qabul qilişni boşladi: 

1. «Loyiha boşqaruvi» («Project Management») 

Öqiş muddati: 1 yil 

2. «Biznes boşqaruvi» («Master of Business Administration — MBA») 

Öqiş muddati: 2 yil 

Uşbu mutaxassisliklar böyiça magistrlarni Oliy maktab ilğor xalqaro tajriba asosida tayyorlab kelmoqda. Bunda magistratura talabalarining öquv amaliyoti AQŞ, Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Fransiya kabi davlatlardagi nufuzli yetakçi oliy ta'lim muassasalarida taşkil etiladi. 

Talabgorlarning hujjatlarini qabul qiliş va qabul imtihonlarini ötkaziş öquv yilida ikki marta (yozgi va qişki qabul davrlarida) amalga oşiriladi. 

• 2019-2020 öqiş yilida yozgi qabul muddati 2019 yil 10 iyuldan 9 avgustgaça; 

• 2019-2020 öqiş yilida qişki qabul muddati 2019 yil 9 dekabrdan 2020 yil 8 yanvargaça. 

Öqişga hujjat topşiriş elektron şaklda Oliy maktabning veb-sayti yoki quyida keltirilgan link orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oşiriladi: Hujjatlarni onlayn topşiriş 

Qabul komissiyasining işlaş jadvali: 

Duşanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 17:00 gaça 

Manzil: Toşkent şahar, Mirobod tumani, Mirobod köçasi, 25 uy 

(Möljal: Premier Hall kinoteatri) 

Tel.: (998) 71-239-03-11, (998) 71-239-03-03

Vebsayt: