Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litseylarga imtihonlar shaffofligini ta'minlash haqida petitsiya paydo bo‘ldi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida akademik litseylarga kirish imtihonlarini takomillashtirish va shaffofligini ta'minlash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, akademik litseylarga kirish uchun o‘tkaziladigan saralash imtihonlarini o‘tkazish, savollar tuzish va tekshirishni ushbu litseylar qarashli bo‘lgan oliy ta'lim muassasalaridan olib, Davlat test markaziga qaytarish lozim.
Imtihonlarning shaffofligini ta'minlash maqsadida oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida bo‘lgani kabi katta pavilonlarda, onlayn translyatsiya orqali ota-onalarga namoyish qilgan holda o‘tkazish lozim. Zero, aksariyat hollarda akademik litsey va oliy ta'lim muassasalarining mansabdor shaxslari o‘quvchilarni qabul qilish jarayonlarini o‘zlari nazorat qilmoqdalar, deyiladi murojaatda.
“Shu sababdan akademik litseylarga kirish imtihonlarini ham OTMlarga qabul imtihonlari kabi formatda o‘tkazish juda zarur. Bu orqali jamiyatimiz uchun bilimli kadrlar tayyorlashga zamin yaratilgan bo‘lardi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025