Ispaniya La Ligasi 10-turdan örin olgan «Barselona» - «Real» uçraşuvining vaqti va sanasini tasdiqladi.

Liga prezidenti Xaver Tebasning Onda Cero radiosi efirida ma'lum qilişiça, mavsumdagi ilk el-klasiko 28 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:15 ga (Toşkent vaqti bilan soat 20:15) belgilangan.

Ikkinçi davrada uşbu jamoalar 26-tur doirasida Madridda uçraşişadi. Bu öyin hozirça 2019 yil 3 martida bölib ötişi rejalaştirilgan.

Uşbu ikki klubning rasmiy doiralardagi özaro öyinlari statistikasiga köra, oktabr sönggidagi bahs 272-klasiko böladi. Hozirga qadar 112 öyinda Kataloniya klubi ğalaba qozongan bölsa, 99 ta bahsda Madrid grandining qöli baland kelgan. Yana 60 uçraşuvda kuçlar teng kelgan. Gollar nisbati – 472-445, «Barsa» foydasiga.

Eslatib ötamiz, ispan grandlarining oxirgi uçraşuvi şu yilning may oyida bölib ötgan va unda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.