Meksika janubidagi Verakrus ştatida kamida 166 kişi kömilgan ommaviy qabriston topildi.

Ta'kidlanişiça, bu mamlakat tarixidagi eng yirik ommaviy qabrlardan biridir. Tergov manfaati nuqtai nazaridan uning aniq joyi aytilmagan. Şunisi ma'lumki, politsiya qabristonni guvohning körsatmasi böyiça aniqlagan. Qabrlarga kamida ikki yil bölgan.

Politsiyaning taxminiça, qabrlarga kömilganlar soni ortişi mumkin: 32 ta örada umumiy hisobda 114 ta şaxsni tasdiqlovçi hujjat topilgan. Şuningdek, katta miqdorda kiyim va şaxsiy buyumlar aniqlangan. Hozirda jasadlar hisobi boş suyaklari böyiça olib borilmoqda, çunki bu ekspertizagaça jasadlar sonini aniqlaşning yagona usuli hisoblanadi.

Verakrus ştati Meksikadagi ikkita yirik jinoiy tödalar – “Setas” va “Xalisko” kartellarining töqnaşuv maydoni bölgan. Meksikada narkokartellar öz raqiblari va qurbonlari jasadlarini köpinça şunday qabrlarda yaşiradilar.