Bern şahrida Özbekiston Respublikasining Şveytsariyadagi favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Berlinda) Nabijon Qosimov Şveytsariya Konfederatsiyasi prezidenti Alan Bersega işonç yorliğini topşirdi.

Kun.uz’ga Özbekiston Respublikasining Germaniyadagi elçixonasi xabar berişiça, marosim doirasida Özbekiston-Şveytsariya munosabatlarining holati va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

A.Berse ikki tomonlama munosabatlar darajasiga yuksak baho berdi va Şveytsariya Konfederatsiyasi Özbekiston Respublikasi bilan köp qirrali muloqotni mustahkamlaş hamda ikki tomonlama darajada ham, xalqaro taşkilotlar doirasida ham hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Şveytsariya prezidenti Özbekiston Respublikasida amalga oşirilayotgan islohotlarning borişini ma'qullab, Şveytsariya tomoni ularni amalga oşirişda zarur yordam körsatişga tayyorligini aytdi. A.Berse Mustaqillik kuni munosabati bilan Özbekiston xalqi va rahbariyatiga özining ezgu tilaklarini bildirdi.