Prezident Xalqaro maqom san'ati anjumanini oçib berdi
|01:25 / 07.09.201821 84610 min
6 sentabr kuni Şahrisabz şahrida Xalqaro maqom san'ati anjumanining tantanali oçiliş marosimi böldi.
Marosimda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.
Muhtaram xalqaro anjuman iştirokçilari!
Qadrli döstlar!
Xonimlar va janoblar!
Bugun bağrikeng, mehmondöst, san'atsevar özbek diyorida katta bayram, katta şodiyona.
Jonajon Vatanimizning gözal va betakror maskanlaridan biri Şahrisabz zaminida, buyuk Amir Temur bobomiz bunyod etgan muazzam Oqsaroy maydonida Xalqaro maqom san'ati anjumani tantanali ravişda oçilmoqda. Şu munosabat bilan siz, azizlarni, öz hayotini noyob musiqa durdonasi bölmiş maqom san'atiga bağişlagan fidoyi insonlarni çin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi tantanamizda iştirok etayotgan yuqori martabali mehmonlarimiz YuNeSKO, Osiyo folklor ijodiyoti taşkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar vakillariga alohida minnatdorlik bildiramiz.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maslahatçisi, Vladimir Iliç Tolstoyga, Qirğiziston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi Sultanbay Rayyevga, Qozoğiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Arstanbek Muhammed öğliga, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Şamsiddin Örumbekzodaga, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Abulfas Garayevga, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vazirining birinçi örinbosari Ahmat Xaluk Dursunga öz taşakkurlarimizni bildiramiz. Ularning yurtlarida ham mana şunday san'at bayramlari köp bölsin va ularda qatnaşiş bizga ham nasib etsin.
Yana bir qator davlatlarning madaniyat sohasi rahbarlarini, xorijiy mamlakatlarning Özbekistondagi muhtaram elçilarini samimiy qutlab, çuqur minnatdorlik bildirişga ruxsat etgaysiz.
Biz sizlarning timsolingizda tinçlik va ezgulik namoyandalarini, xalqimiz va madaniyatimizning haqiqiy döstlarini köramiz.
Mamlakatimizda birinçi bor ötkazilayotgan uşbu san'at bayramida dunyoning 73 ta davlatidan kelgan 300 ga yaqin iştirokçilar va mehmonlar qatnaşmoqda. Ularning orasida nafaqat öz yurtida, balki jahon miqyosida ham maşhur xonanda va sozandalar, madaniyat va san'at arboblari, musiqaşunos olimlar borligi barçamizga katta mamnuniyat bağişlaydi.
Mavzuga oid
Bugun Şahrisabzning moviy gumbazlari ostida jahondagi köplab xalqlar va mamlakatlarning musiqiy xazinasiga aylangan, özining teran falsafasi, ilohiy qudrati bilan ming-minglab qalblarni maftun etadigan maqom sadolari baralla yangramoqda.
Haqiqatan ham, biz uçun bebaho badiiy qomus bölgan maqom san'ati asrlar, neça yuz yillar davomida inson ruhini, uning dardu armonlarini, ezgu intilişlarini yuksak pardalarda ifoda etib kelmoqda.
Şarq mumtoz adabiyoti, tasviriy san'ati, ilmu ma'rifat, islomiy qadriyatlardan oziqlangan maqom san'atiga – ana şunday buyuk madaniy meros rivojiga özbek xalqi ham munosib hissa qöşgani bilan biz haqli ravişda faxrlanamiz.
Bu noyob boylikni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş, undan dunyo ahlini bahramand qiliş, kelgusi nasllarga bezavol yetkaziş turli qit'a va mamlakatlar vakillarini bu gözal maskanda mujassam etgan anjumanimizning asosiy maqsadidir.
Qadrli döstlar!
Bugungi san'at forumini aynan Şahrisabz şahrida taşkil etganimiz bejiz emas, albatta.
Bu şahar özining 2700 yillik köhna tarixi davomida oğir va maşaqqatli sinovlarni, tahlikali zamonlarni öz boşidan keçirdi. Ammo har qanday murakkab davrlar, uruş va bosqinlar, tabiiy ofatlar ham uni tarix sahifasidan öçira olmadi.
Şahrisabz buyuk sarkarda va davlat arbobi, madaniyat va san'at homiysi Sohibqiron Amir Temur bobomiz kamolga yetgan mö'tabar maskan sifatida ham dunyoga ma'lum va maşhurdir.
Bu şahar qadim-qadimdan uluğ alloma va şoirlari, san'at va madaniyat ahli, qöli gul ustalari, mohir hunarmandlari bilan şuhrat qozonib keladi. Uning bağridagi noyob me'moriy obidalar, nodir yodgorliklar bu haqiqatni yaqqol tasdiqlaydi.
Bugungi kunda xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, fidokorona mehnati bilan Şahrisabz yurtimizning eng obod maskanlaridan biriga, zamonaviy madaniyat va turizm markaziga aylanib borayotgani barçamizni quvontiradi.
Muhtaram mehmonlar!
Buyuk Ipak yöli çorrahasida joylaşgan Özbekiston zamini qadimiy sivilizatsiya, madaniyat va san'at beşiklaridan biri bölib kelayotgani, öylaymanki, sizlarga yaxşi ma'lum.
Samarqand viloyatining Möminobod qişloğidan topilgan 3 ming yillik nay çolğusi, Termiz yaqinidagi Ayritom arxeologik yodgorligida aks etgan sozandalar tasviri va boşqa köplab misollar milliy musiqa san'atimiz, heç şubhasiz, boy va qadimiy tarixga ega ekanidan dalolat beradi.
Buyuk şoir va mutafakkir Mir Alişer Navoiy bobomizning aynan “navo”, ya'ni, musiqiy ohang, degan sözni özlariga taxallus qilib, butun dunyoda şuhrat topganini barçamiz yaxşi bilamiz.
Xalqimiz badiiy tafakkurining mahsuli bölgan “Şaşmaqom”, ya'ni, olti maqomni, ta'bir joiz bölsa, olti azim daryoga qiyoslaş mumkin. Bu daryolar asrlar davomida jahon madaniyat ummoniga quyilib, uni har tomonlama töldirib, boyitib kelmoqda. Şuning uçun ham bu muazzam musiqiy durdona YuNeSKO tomonidan jahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgani çuqur ma'no va ahamiyatga ega, deb öylayman.
Azaldan san'atni, musiqani butun qalbi bilan sevadigan, ijod ahlini munosib qadrlaydigan el-yurtimiz bugungi anjumanni katta quvonç va hayajon bilan kutib olmoqda.
Bugun biz ana şunday ulkan ma'naviy boylikning şakllanişi va taraqqiyotida, bu umrboqiy san'atning bizgaça yetib kelişida beqiyos xizmat körsatgan uluğ şoir va mutafakkirlar, bastakor va sozandalar, buyuk hofizlarning xotirasini hurmat-ehtirom bilan yod etamiz.
Aziz döstlar!
Bugungi zamonda barça ezgu niyatli insonlarni birlaştiriş, yoşlarni yuksak gumanistik ideallar ruhida tarbiyalaşda musiqa san'atining örni va ahamiyatini heç narsa bilan ölçab, baholab bölmaydi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.
Agar biz asl, haqiqiy san'atni bilmoqçi, örganmoqçi bölsak, avvalo mumtoz maqom san'atini bilişimiz, örganişimiz kerak.
Agar biz san'atni, madaniyatni kötarmoqçi bölsak, avvalo mumtoz maqom san'atini kötarişimiz kerak.
Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-ösib kelayotgan yoş avlodimizning ongi va yuragidan çuqur joy olişi uçun bor imkoniyatlarimizni safarbar etişimiz zarur.
Maqom san'atining madaniy hayotimizdagi ana şunday beqiyos ta'sirini inobatga olib, mamlakatimizda bu borada keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda.
Albatta, sizlar anjuman kunlarida hamkasb döstlaringiz, san'at muxlislari bilan muloqotda bölib, ana şunday işlar bilan atrofliça tanişiş imkoniga ega bölasizlar.
Öylaymanki, bugungi anjuman oldimizda turgan muhim nazariy-amaliy muammolarni atrofliça muhokama qiliş, bu borada xalqaro tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet imkoniyatlaridan keng foydalaniş, turli madaniy va ijodiy taşkilotlar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş, özaro bordi-keldilarni yölga qöyiş böyiça takliflar işlab çiqişi ayni muddao bölur edi.
Şu ma'noda, anjuman doirasida ötkaziladigan “Maqom musiqa san'ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan örni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bu yölda muhim qadam bölişi tabiiy.
Fursatdan foydalanib, bugungi san'at va nafosat bayramini yuksak saviyada ötkaziş uçun özini ayamasdan, fidokorona mehnat qilgan barça insonlarga, mehmondöst va olijanob Qaşqadaryo viloyati va Şahrisabz ahliga anjuman iştirokçilari nomidan, xalqimiz nomidan samimiy minnatdorçilik bildirişga ijozat bergaysiz.
Muhtaram döstlar!
Aziz mehmonlar!
Sizlarning bevosita iştirokingizda boşlanayotgan bugungi xalqaro anjuman bardavom bölib, uzoq va yaqin mintaqalarda maqom san'ati rivojini yangi bosqiçga kötariş uçun poydevor bölib xizmat qiladi, deb işonaman.
Barçangizni xalqaro maqom anjumanining oçilişi bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklayman.
Dillarni dillarga, ellarni ellarga payvand etadigan maqom san'atimiz hamişa gullab-yaşnasin!
Uning fidoyilari doimo bor bölsin, omon bölsin!
Barçangizga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda yangi ijodiy yutuqlar, anjuman işiga muvaffaqiyatlar tilayman.
Katta rahmat sizlarga, yana bir bor xuş kelibsiz Özbekistonga!
E'tiboringiz uçun taşakkur.
«Uşbu xalqaro anjuman davlatimiz rahbari taşabbusi bilan özbek milliy maqom san'atini keng tarğib qiliş, yoş avlod qalbida milliy mumtoz san'atimizga hurmat va e'tibor tuyğularini kamol toptiriş maqsadida taşkil etildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezidentning 2018 yil 6 apreldagi «Xalqaro maqom san'ati anjumanini ötkaziş töğrisida»gi qaroriga muvofiq bu festivalga katta tayyorgarlik körildi. Şahrisabz şahridagi Oqsaroy maydoni hududida maqom san'atiga oid turli körgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandçilik buyumlari, tasviriy va amaliy san'at asarlari, haykaltaroşlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar namoyişi va sotuvi yölga qöyildi.
Xalqaro maqom san'ati anjumani bu yil birinçi marta ötkazilmoqda. Prezident qaroriga muvofiq, festivalni har ikki yilda bir marta ötkazilişi belgilangan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi