Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Ravon avtomobillari yetishmovchiligi: kompaniya yozda bir dona ham mashinani sotmadi
Rossiyada Ravon avtomobillari yetishmovchiligi shunga olib keldiki, yoz davomida kompaniya birorta avtomobilni sota olmadi. Bundan Yevropa biznesi uyushmasi ma'lumotlari darak beryapti.
Spot’ning yozishicha, so‘nggi marta kompaniya may oyida avtomobillarni sotgan - 508 dona. O‘shanda ular Rossiyadagi ko‘plab dilerlik markazlaridan yo‘qolib qoldi.
Taqchillik sababi kamida ikkita - Rossiya bozori uchun narxlarni qayta ko‘rib chiqish va kompaniya biznes-modelining jiddiy o‘zgarishi:
«Narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi Rossiya va O‘zbekiston milliy valyutalari kursi o‘zgarishi hamda RFda utilizatsiya yig‘im stavkalari oshirilishi bilan bog‘liq. Biznes-modelning o‘zgarishi rebrending bilan kechdi va modellar yangilangan qatori ishga tushirilishi hamda Ravon brendi rivojlanishi, Rossiya bozori uchun yangiliklar ishga tushirilishi bo‘yicha loyihalar va dilerlik tarmog‘i kengayishi bilan birga davom etmoqda», - deya xabar berishgan Ravon Motors Rus/GM Uzbekistan’dan.
Ravon brendining Rossiyadagi rasmiy hamjamiyati sahifasida «Mashinalar qayerda?» va «Ular qachon paydo bo‘ladi?» savollariga ma'murlar aniq javobni berishmagan, kutish va yangiliklarni kuzatib borish taklif etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshlarida Ravon Rossiyada avtomobillar sotuvini deyarli to‘xtatib qo‘ygani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026