5 sentabrda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va uning öğli, Duşanbe şahri raisi Rustami Imomali şaharning 82-mikrotumanida mamlakatdagi ilk estakadaning oçilişi marosimida iştirok etişdi. Estakada “Duşanbe-Tursunzoda yöli, Sino va Ismoil Somoniy köçalari kesişmasidan Duşanbening ğarbiy darvozalarigaça bölgan yöl qismi holatini yaxşilaş” loyihasi doirasida barpo etildi.
Uç qavatli estakada qurilişi 2016 yil 22 iyulda boşlangan. Obekt Tojikiston mustaqilligining 27 yilligi nişonlanişi arafasida foydalanişga topşirildi.

Yangi estakada uç qavatdan iborat bölib, uning 2-qavatida aylanma harakat yölga qöyilgan. 3-qavatida şarqdan ğarbga tomon uzunligi 125 metr va eni 24,8 metr keladigan köprik qurilgan.
Estakada qurilişi loyihasiga köra, umumiy uzunligi 236 metrlik 4 ta yer osti ötiş joyi barpo etilgan.
Ma'lum qilinişiça, şu kungaça Tojikistondagi yöllar uçun katta va kiçik donador asfalt işlab çiqarilgan va qöllangan. Yangi estakadaning barça qismlari esa yölni işqalanişga bardoşli va mustahkam qiladigan kimyoviy modda qöşilgan zamonaviy asfalt turi bilan qoplangan.
Mutasaddi şaxslarning ta'kidlaşiça, uşbu asfalt turi respublikada birinçi marotaba qöllangan va qolgan turdagilariga nisbatan 4-5 yil köproq xizmat qiladi. Loyiha Tojikiston hukumatining Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan hamkorligida amalga oşirilgan. Loyiha doirasida uzunligi 730 metrlik yuqori voltli tunnel ham qurilgan.
Qurilişni Xitoyning “Sintszyan-Beysin” korporatsiyasi olib borgan, quriliş sifatini Hindistonning “SAI” firmasi nazorat qilgan.
Transport vositalarining 3-qavatli yöldagi harakati yöl belgilari va plakatlar yordamida tartibga solinadi.











