Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uçraşuvni hayotidagi eng yaxşi voqealardan biri deb atadi. Bu haqda u Montana ştatidagi öz tarafdorlari oldida sözlagan nutqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.
«Ular [mening tanqidçilarim] biz arenada boks jangi taşkil etişimizni xohlaşgandi. Biz juda zör uçraşuv ötkazdik. Ukraina, Suriya haqida, Isroilni himoya qiliş haqida gaplaşdik. Biz köplab buyuk narsalar töğrisida suhbatlaşdik», - deya tuşuntirgan AQŞ yetakçisi.
Iyul oyi boşida Tramp jurnalistlar uning Putin bilan muloqoti haqida notöğri ma'lumot berişayotganidan şikoyat qilgandi. «Yolğonçi OAV uçraşuvga salbiy baho beriş maqsadida öz energiyasining har bir zarraçasidan foydalanmoqda. Bu bizning mamlakatimiz uçun juda yomon!», - deya ta'kidlab ötdi u.
Vladimir Putin va Donald Tramp örtasidagi birinçi töliq şakldagi uçraşuv 16 iyul kuni Xelsinkidagi prezidentlik saroyida bölib ötdi. Umuman olganda, yakkama-yakka muloqot ham hisobga olinsa, uçraşuv tört soat davom etdi. Tomonlar muzokaralardan mamnun ekanliklarini ta'kidladilar.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putinning Poroşenkoga tahdidi haqida yangi ma'lumotlar paydo bölgandi.











