Rossiya harbiylar tomonidan işlatilgan Fransiya-Italiya sun'iy yöldoşidan ma'lumotlarni tutib olişga uringan. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni 2017 yilda, uning «Luç» kosmik apparati Athena-Fidus sun'iy yöldoşiga minimal masofaga yaqinlaşganda ma'lumotni qölga kiritişga harakat qilgan. Hodisa taxminan 36 ming kilometr balandlikda sodir bölgan. «Bunday uriniş bizning xabarlarni tutib oladi, deb kim ham öylagandi», - deya Mudofaa vazirligi rahbarining sözlarini keltiradi Reuters.
Parlining ta'kidlaşiça, röy bergan voqea - «nafaqat nodöstona qadam, balki josuslik harakati ham». Vazirning qayd etişiça, Rossiyaning bunday harakatlari - AQŞ va Xitoy ham jalb etilgan kosmosdagi yangi harbiy poyganing qismi, deya ta'kidlaydi Bloomberg.
«Biz aniq bilamizki, boşqa kosmik jihatdan qudratli davlatlar qandaydir obektlarni orbitaga çiqarmoqda, ehtimoliy jangovar tizimlarni sinovdan ötkazmoqda, öziga xos manyovrlar qilmoqda, bu ularning niyatlari tajovuzkorligiga şubha qoldirmaydi», - deya ma'lum qildi u. Mudofaa vazirligi rahbarining qayd etişiça, stavkalar yuqori va bunday holatda mutlaq ustuvorlik - öz mustaqil infratuzilmasini yaratişdir.
Athena-Fidus - Fransiya-Italiya telekommunikatsion sun'iy yöldoşi bölib, u ikki mamlakat qurolli kuçlari örtasida yuqori tezlikdagi xavfsiz aloqa örnatişga imkon beradi. U, şuningdek, uşbu mamlakatlarning tezkor xizmatlari tomonidan ham qöllaniladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Rossiyaga javob qaytargandi.












