Qozoğiston milliy antidoping markazining ma'lum qilişiça, dopingga qarşi kuraş qoidalarini buzgani uçun 2014 yilda 24 oyga sportdan çetlatilgan velopoygaçi Viktor Okişev endi 8 yilga sportdan çetlatildi. Uning organizmidan taqiqlangan eritropoetin moddasi topilgan.
Şuningdek, oğir atletikaçi Robert Karnauxov va yengil atletikaçi Veronika Broslavskayaning tahlili natijalari ularning taqiqlangan preparatlar iste'mol qilganligini körsatdi hamda sportçilar 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Bundan taşqari, suzuvçi Riat Jumagulov, yengil atletikaçilar Yevgeniya Fondyuşina, Aleksandr Lyax, Igor Kondratev ikki yilga sportdan çetlatilgan.
Avvalroq Seuldagi 1998 yilgi Olimpiya öyinlari çempioni Kristian Şenk taqiqlangan preparatlar iste'mol qilganini tan olgandi.
Qozoğistonlik 7 sportçi doping sababli sportdan çetlaştirildi
02:03 / 08.09.20189 5241 min












