Özbekiston Respublikasida pasport tizimi töğrisidagi nizomga özgartiş va qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Propiskasiz şaxslar pasport oliş uçun qayerga murojaat qilişlari lozim
Umumiy qoidalarga köra, pasport oliş uçun doimiy röyxatda yoki konsullik hisobida turgan joyga murojaat qiladilar.
Qöşimçalarga muvofiq, doimiy röyxatga olinmagan fuqaro oldingi röyxatda turgan joyi böyiça ma'lumotlarni yiğiş punktiga yoki propiskaga oid ma'lumotlar mavjud bölmasa, özi turgan joydagi ma'lumotlarni yiğiş punktiga murojaat qilişi mumkin.
Doimiy röyxatga olinmagan harbiy xizmatçi xizmatni ötab bölgaç, pasport oliş uçun oldingi röyxatda turgan joyi, tuğilgan joyi yoxud amalda yaşab turgan joyi böyiça ma'lumotlarni yiğiş punktiga murojaat qilişi mumkin.
Yöqotilganining örniga pasportni qanday oliş mumkin
Tuzatişlar bilan yöqotilganlari örniga pasport beriş mexanizmi aniqlaştirildi.
Pasportini yöqotib qöygan fuqaro unga yangisini beradigan ma'lumotlarni yiğiş punktiga zudlik bilan xabar berişi lozim. Pasport yöqolganligi töğrisidagi arizalar hisobga oliş jurnalida röyxatga olinadi. Vaqtinça xorijda bölganlar qaytiş guvohnomasini oliş uçun mamlakatimiz konsullik muassasasiga murojaat etadilar.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmasi pasport (yoki şaxsni tasdiqlovçi boşqa hujjat) yöqotilganligi töğrisida belgilangan şakldagi ma'lumotnomani beradi. Uning orqa tomoniga doimiy yoki vaqtinça röyxatda turganligi töğrisida ştamp qöyilişi mumkin.
Respublikaning boşqa hududlaridan doimiy yaşaş joyiga kelgan va yangi yaşaş joyi böyiça röyxatga olingunga qadar pasportini yöqotib qöygan fuqarolarga ularning arizalariga köra IIO tomonidan pasport yöqolgani haqidagi iş oçiladi. Yangi pasportlar doimiy yaşaş maqsadida kelgan joyda ularni röyxatga qöyiş asoslari mavjud bölgan taqdirda beriladi. Röyxatga olişga asoslar mavjud bölmasa, pasport röyxatdan çiqişni bekor qilgan holda oldingi röyxatdan ötgan joyidagi yoki unga asoslar mavjud bölganda boşqa yangi röyxatdan ötiş joyida beriladi.
Yangisi berilgunga qadar yöqolgan pasport topilsa, pasport yöqolgani haqidagi iş yuritiş tugatiladi, yangisi berilgandan keyin topilsa – topilgan pasportni zudlik bilan IIOga topşiriş zarur.












